Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yulduzlarni siz bunday qiyofada ko’rmagansiz!!!
19 Dek, 2014

Yulduzlarni siz bunday qiyofada ko’rmagansiz!!!

Top DizaynerYaqindagina o’z faoliyatini boshlagan «MY5″ telekanalida qiziqarli ko’rsatuvlar juda ko’plab topiladi. Ular orasida «Top dizayn» teleko’rsatuvi ham alohida e’tiborga sazovor dasturdir. Mazkur dasturning navbatdagi sonida yulduzlarni mutlaqo boshqacha qiyofada ko’rishingiz mumkin.

Dastur mashhur model’er-dizaynerlarning mahoratlarini ko’rsatib berishga qaratilgan bo’lib, uning har bir sonida turli shartlar beriladi va ulardan qay bir dizayner yuqori baho bilan o’tishini hay’at a’zolari aniqlab berishadi. «Top dizayner»ning navbatdagi sonida dizaynerlar uchun ertak qahramonlarini tayyorlash vazifasi yuklatilgan bo’lib, har bir dizayner o’zlari uchun qahramon tanlab olishgan va mult-qahramonni o’zbek estradasi va kino olami yulduzlari qiyofasida aks ettirishga harakat qilishadi. Biz mana shu jarayondan eksklyuziv fotoreportajni siz azizlarga taqdim etmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling va zavqlaning!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «NVS» foto va video studiyasi tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, TV yangiliklari | 3 891 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *