Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tasavvur qiling, «Ayol kulsa…» futbol o’ynasa…
6 Apr, 2015

Tasavvur qiling, «Ayol kulsa…» futbol o’ynasa…

Ayol kulsaSB.uz portali axborot ko’magligi ostida tayyorlanayotgan «Ayol kulsa…» tele-shousining ilk soni 11-aprel kuni soat 17:00da «Yoshlar Ijod Saroyi»da bo’lib o’tadi. Mazkur xajviy tele-loyiha uchun bir qator videolavhalar ham tayyorlanmoqda. Mana shulardan birini suratga olish jarayonidan sizlarga fotoreportajni taqdim etmoqchimiz.

«Ayol kulsa…» teleloyihasining ijodiy jamoasi videolavhani tasvirga tushirish uchun «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurdi. Qanday videolavha deysizmi? Juda ham qiziqarli videolavha! Qizlar futbol o’ynasa… Qiziq, qizlar futbol o’ynasa nimalar sodir bo’lishi mumkin? Bu savolga javob topishni istasangiz albatta «Ayol kulsa…» teleloyihasining 11-aprel kuni bo’lib o’tadigan shou-konsertiga tashrif buyuring. «Ayol kulsa…» tele-shousining tashkiliy jamoasi har kuni ertani erta demasdan, kechni kech demasdan tinimsiz izlanishda. Eslatib o’tamiz, tashkiliy jamoa ichida aktrisa Zamira Beshimova, «Art centre» studiyasi rahbari Abdurahim Musaev, shoumen Mirtohir Mirg’ulmov, va ma’mur Timur Ibragimovlar bor. Ijodiy jamoa safida esa siz tanigan va bilgan ko’plab aktrisa, xonanda va aktyorlarimiz bor. Ularning bir qanchasi bilan sizlarni tanishtirib o’tgan edik. Ammo, aktyorlar haqida ma’lumot bermagan edik. Mana bugun esa ma’lum qilib o’tishimiz mumkin. «Ayol kulsa…» loyihasida Akmal Nazarov ham aktyorlik borasida ishtirok etmoqda. Agarda siz ham mazkur shou-konsertga tashrif buyurishni istasangiz, (+99893) 3939922 telefon raqamlari orqali bog’lanib, chiptalarni qo’lga kiritishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, TV yangiliklari | 1 854 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *