Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Kinolife»da yilning eng yaxshilari aniqlandi!
15 Dek, 2016

«Kinolife»da yilning eng yaxshilari aniqlandi!

Kinolife 2016Kuni kecha «O’zbekiston» mehmonxonasida «MY5″ telekanalining jurnalist Feruza Nodirova boshchiligidagi «Kinolife» teledasturining yangi yil sonini suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Ushbu ko’rsatuvning yangi yilga bag’ishlangan sonida odatdagidek yilning eng yaxshi ijodkorlari nomi e’lon qilinib, ularga mukofotlar topshirildi.

O’zbek kinosining eng yorqin namoyondalari bu kun bir yerga jamuljam bo’lishdi. «Kinolife» dasturining yangi yil sonida boshlovchilik qilish vazifasi esa Davron Kabulov hamda Zarina Nizomiddinova zimmalariga yuklatildi. Bir qator yo’nalishlarda 2016-yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. Biz bugun siz azizlarga mazkur tadbirdan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etamiz. Ammo, kimlar g’olib bo’lganligini hozircha oshkor etmay turamiz. Zero, yangi yil oqshomida «MY5″ telekanali orqali barchasiga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin. G’olib bo’lganlarni esa o’z o’rnida SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etib qolamiz.

Quyida siz azizlar uchun tadbir davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: TV yangiliklari | 12 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *