Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Noy, 2007

«Badiiy kengash»ni ko’ramiz!!!

TV-MARKAZHam xonanda, ham boshlovchi hisoblangan Akbar, yangi mavsumda yangi ko’rsatuv tashkil qildi. Ushbu ko’rsatuvni bugun soat 17:30da «TV-Markaz» telekanali orqali tomosha qiling. «Badiiy kengash»! Uning yangi mualliflik ko’rsatuvi aynan shunday nom oldi. Bu ko’rsatuv haqidagi e’lonlarni siz ayni damda «TV-Markaz» telekanali orqali ko’rib borayotgan bo’lishingiz aniq. Xo’sh bu ko’rsatuv o’zi qanday va unda kimlar ishtirok etadi? Shu kabi savollarga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.Birinchidan, bu ko’rsatuvda xonandalarimiz tomonidan yaratilgan kliplarni har tomonlama ko’rib chiqiladi va kengash a’zolari o’z fikr va mulohazalarini bildirishadi. Kengash raisi albatta iste’dodli teleboshlovchi va xonanda Akbar. Kengash a’zolari: bastakorlar, shoirlar va jurnalistlar bo’ladi. Ha yana bir narsa, ko’rsatuvning ilk sonida SB.uz portali bosh muxarriri Mirtohir Mirg’ulomov hamda kamina Durbek Shofaziyevlar ham qatnashishadi. Demak, birgalikda ko’ramiz!!!


Muallif: | Bo'lim: TV yangiliklari | 162 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *