Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Apr, 2006

30-kanaldan yangi teleloyiha — "TAKSI"!

Mirtohir«TAKSI» - bu 30-kanalning yangi teleloyihasi. «TAKSI» — bu nom sizni ozgina bo’lsada hayron qoldirgan bo’lsa kerak. Qanaqa «TAKSI»? Qanday teleloyiha? Bu kabi savollar tug’ilishi tabiiy. Hozir biz sizga mana shu yangi teleloyiha haqida so’zlab beramiz. Bu loyiha qonun-qoida, shart va imkoniyatlari quyidagicha: o’z nomi bilan aytib turganidek, ko’rsatuvda «TAKSI» bo’ladi. Lekin, bu oddiy «TAKSI» emas! Bu haqda batafsil bilishni istasangiz maqolani oxirigacha o’qing va teleloyihada siz ham ishtirok eting(+Yulduzlar bilan birga)!Ko’rsatuv efirga uzatilishidan avval 30-kanal hamda Shou-biznes olami sayti orqali bizning «TAKSI»ning yo’nalishlari, o’tadigan yo’llari ma’lum qilinadi. Siz agar ko’rsatuvda ishtirok etishni istasangiz aytilgan vaqtda, aytilgan yo’nalish bo’yicha bizning «TAKSI»ni kutib to’xtatishingiz kerak. So’ngra o’zingizga kerakli manzilni aytasiz. Biz sizni manzilingizga eltib qo’yamiz. Bu hammasi emas, siz kerakli manzilga yetib olguningizga qadar boshlovchi tomonidan beriladigan turli yo’nalishdagi savollarga javob berishingiz darkor! Savollarning bariga to’liq javob bersangiz homiylarimiz tomonidan taqdim etiladigan sovg’alar sohibiga aylanasiz! «TAKSI»da boshlovchi va ishtirokchidan tashqari estradamiz yulduzlari ham bo’lishadi. Sizni qiziqtiryaptimi? Demak, ilk ko’rsatuvda ishtirok etish uchun shoshiling! Dushanba, ya’ni 17 aprel kuni soat 11:00dan 15:00gacha Toshkentning markaziy ko’chalaridan (jumladan, Chilonzor, Yunusobod, Mustaqillik maydoni atrofi) bizning «TAKSI» — «C 0505″ raqamli qora limuzin o’tadi.


Muallif: | Bo'lim: TV yangiliklari | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *