Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«25 kadr»da nimalar ko’ramiz?
19 Yan, 2013

«25 kadr»da nimalar ko’ramiz?

25 kadr«NTT» telekanali orqali har hafta, seshanba kuni efirga uzatiladigan Feruza Nodirovaning «25-kadr» ko’rsatuvi bilan portalimiz o’rtasida hamkorlik o’rnatildi. Bu hamkorlikka ko’ra, bizning portalimiz orqali ushbu ko’rsatuvning har bir soni haqida xabar berib boriladi.

Demak, «25-kadr» ko’rsatuvining 22-yanvar kuni taqdim etiladigan sonida qanday filmlar haqida ma’lumotlar beriladi? Bu savolga hoziroq javob topishingiz mumkin. Demak, 22-yanvar kuni «NTT» telekanalini tomosha qiling va Otabek Mutalxo’jaev boshlovchilik qilayotgan «25-kadr»da «Ota», «Layloyimsan», «Qudamni ko’rmadingizmi?» hamda «Yagonam» nomli filmlar haqidagi lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Biz esa har bir film haqida ozginadan ma’lumotni sizlarga yetkazib o’tamiz.
«Ota» filmi rejissori Ma’ruf Otajonov. Filmda rahmatli so’z ustasi Xojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyevani debyutant aktrisa sifatida ko’rishingiz mumkin.
«Layloyimsan» filmi rejissori Muxlisa Abzalova. Filmda bosh rolda Adiz Rajabovni ko’rishingiz mumkin.
«Qudamni ko’rmadingizmi?» filmi rejissorlari va ssenariy mualliflari Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholov. Filmda bosh rolda Muhammadiso Abdulhayirov suratga tushgan. Shuningdek, Murod Rajabov, Saida Rametova, Zarina Nizomiddinova kabi aktyor va aktrisalarni ham ko’rishingiz mumkin.
«Yagonam» filmi rejissori Muzaffar Erkinov. Bu filmda Zarina Nizomiddinova hamda Adiz Rajabov suratga tushishgan.

Yuqoridagi filmlar haqida batafsil ma’lumotlar va intervyularni «25-kadr»da ko’rishingiz mumkin. 22-yanvar kuni «NTT» telekanalida tomosha qiling.

25 kadr

25 kadr

25 kadr

25 kadr

25 kadr


Muallif: | Bo'lim: TV yangiliklari | 2 673 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *