Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Apr, 2008

Ziyoda bilan «Uchrashuv»!

www.ShoubizneS.uz portali hamda FM 101 MHz «O’zbegim taronasi» radiosi hamkorlikdagi «Uchrashuv» dasturi barcha yoshdagi tinglovchilar uchun manzur bo’lib kelmoqda. Bugun ushbu dasturda Iste’dodli hamda zamonaviy estradada ham klassik uslubdagi taronalarning mohir ijrochisi Ziyoda qatnashdi!

Suhbat davomida Ziyoda haqida biz bilgan va bilmagan ma’lumotlarga ega bo’ldik. «Uchrashuv» dasturining boshlovchisi Jamshid Xojiniyozov tomonidan yo’llangan keskin savollarga Ziyoda uddaburonlik bilan, qiynalmay javob qaytardi. Hozir sizga Ziyoda haqidagi bir necha dalillarni keltirib o’tamiz!

1. Ziyoda 1989 yil 7 yanvar kuni tavallud topgan.
2. Ziyodani sevgan insoni yo’q. U orzu qilgan inson ochiqko’ngil, mehribon, e’tiborli bo’lishi lozim.
3. Agarda Ziyoda oila qurganidan so’ng turmush o’rtog’i san’atni yoki oilani tanla desa, oilani tanlaydi.

Demak, keyingi hafta yakshanba kuni «Uchrashuv» mehmoni kim bo’lishini albatta SB.uz portali orqali bilib olishingiz mumkin. Hozir esa, dastur davomida suratga tushirilgan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin…

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *