Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yulduzli uchrashuv»da Ulug’bek Rahmatullaev!!!
3 Apr, 2013

«Yulduzli uchrashuv»da Ulug’bek Rahmatullaev!!!

Yulduzli uchrashuv - Ulug'bek RahmatullaevSB.uz portalining bir necha yillik hamkorlaridan biri «O’zbegim taronasi» radiosi o’zining «Yulduzli uchrashuv» dasturini taqdim etishda davom etmoqda. Ushbu dasturning avvalgi sonida yodingizda bo’lsa, maftunkor Lola mehmon bo’lgan edi. Ko’plab muxlislarning talablariga binoan bu safar Ulug’bek Rahmatullaev mehmon bo’ldi.

«O’zbegim taronasi» radiosi, «Aroma» shirinliklar dunyosi hamda SB.uz portali hamkorlikda amalga oshirayotgan mazkur loyiha qoidasiga ko’ra, dasturga biror bir yulduz taklif etiladi va u yulduz bilan «Aroma» shirinliklar dunyosida muxlislar qurshovida suhbat quriladi. Bu suhbat to’g'ridan-to’g'ri «O’zbegim taronasi» radiosi FM 101 to’lqini orqali efirga uzatiladi. Mana shu dasturning 2013 yil 3 aprel kuni, ya’ni bugun bo’lib o’tgan sonida Ulug’bek Rahmatullaev ishtirok etdi. Dastur soat 12:00dan 14:00ga qadar davom etdi va unda dasturning ajoyib boshlovchisi Dilmurod G’ulomov hamda muxlislar o’zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishga erishdilar. O’z sevimli yulduzlaridan dastxatlar olib, birgalikda fotosuratga ham tushish imkoniyatiga ega bo’ldilar. «Aroma» shirinliklar dunyosi esa maxsus tort bilan mehmon bo’lgan Ulug’bek Rahmatullaevni hursand qildilar. Mazkur dastur davomida SB.uz portalining yana bir hamkori «Real Time» foto va video studiyasi eksklyuziv fotosuratlarga tushirgan holda bizlarga taqdim etdilar. Marhamat, fotosuratlardan bahramand bo’ling!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 1 284 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. жаль что меня здесь нет..потому что я живу в тадикистане

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *