Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yulduzli uchrashuv»da maftunkor Lola!!!
20 Mart, 2013

«Yulduzli uchrashuv»da maftunkor Lola!!!

Yulduzli mehmon - Lola«O’zbegim taronasi» radiosi yangi loyiha tashkil etdi. Bu loyiha «Yulduzli uchrashuv» deb nomlanib, ushbu uchrashuvda muxlislar bilan birgalikda taklif etilgan mehmon yulduz bilan «Aroma» kafesidan jonli efir dasturi olib boriladi. Bevositda tashrif buyurgan muxlislar ham sevimli yulduzlariga o’z savollari bilan murojaat etishlari mumkin. Dasturning bu galgi mehmoni Lola.

Endilikda ushbu dasturning internet hamkori, axborot ko’magi sifati SB.uz portali birgalikda loyihada qatnashadi va loyiha jarayonidan eksklyuziv fotolavhalar tayyorlagan holda aziz muxlislar uchun ma’lumotlar taqdim etiladi. Maftunkor Lola ishtirokida o’tgan «Yulduzli uchrashuv» dasturida ko’plab muxlislar va Lolaning fan-klubi a’zolari tashrif buyurib, o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob olish bilan bir qatorda, Loladan hamda «Aroma» shirinliklar dunyosidan ajoyib sovg’alarni qo’lga kiritdilar. Eng yaxshi va antiqa savol egasiga «Aroma» kafesining shirinliklari va Lolaning albomi taqdim etildi.  Loyiha jarayonidan eksklyuziv fotosuratlar quyida taqdim etilmoqda. Dasturni ajoyib radio boshlovchilar Dilmurod G’ulomov hamda Magomedali Idoyatovlar olib borishdi. Kelgusi loyiha haqida portalimizni kuzatib borsangiz ma’lumotlar taqdim etamiz.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 1 383 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *