Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Sen, 2010

«Yulduzlar yog'dusi» aslida qanday bo'lgan…

Yulduzlar yog'dusiBundan bir necha kun ilgari, yani 4-sentyabr kuni Istiqlol san'at saroida Tarona rekords kompaniyasi tomonidan O'zbegim taronasi radiosining 10 yilligiga bag'ishlangan «Yulduzlar yog'dusi» galakonserti bo'lib o'tgan edi.

Ko'pchilik ushbu konsert dasturini san'at saroyiga tashrif buyurib tomosha qildi, kimdir esa konsert dasturidan tashkil qilindan jonli translyatsiyani FM101 MHz to'lqiniga sozlanib tinglashga muyassar bo'ldi. Albatta konsert dasturi juda ham ajoyib hamda ko'tarinki ruxda o'tdi. Bunga barcha guvox. Lekin bugun biz aslida ushbu konsert dasturi qay tarzda tashkil etilgani hamda konsert tugagunga qadar saxna ortida nimalar sodir bo'lgani haqida to'xtalib o'tamiz. Chunki bu narsa, ko'pchilik uchun sirli holat sifatida qolib ketmoqda.

Demak konsert dasturiga tayyorgarlik bir necha oy avval boshlangan edi. Konsert kunidan bir kun avval barcha radio vakillari Istiqlol san'at saroyiga tashrif buyurishti hamda dastur bo'yicha barcha holatlarni shu joyning o'zida tashkillashtirishdi. Albatta Tarona Rekords kompaniyasi bu masalada katta jonbozlik ko'rsatdi. Xonandalarni taklifi, ularni boshlovchilar bilan kelishib ishlanishi juda ham professional tarzda yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari konsert dasturining asosiy va muhim bo'g'ini, ya'ni ovoz ishlarini radioning professional ovoz rejisserlaridan biri Doniyor Abdullahonov tomonidan to'liq sayqallanib chiqildi. Ertasiga konsert dasturiga bor yo'g'i bir necha soat qolganida dasturni efirga to'g'ridan-to'g'ri uzatish fikri kelib chiqdi va tezkorlik bilan ushbu reja amalga oshirildi. Dastur davomida saxna ortida ko'plab qiziqarli voqealiklar sodir bo'ldi. Boshlovchilar o'z fotosessiyasini tashkil etgan, to'g'ridan-to'g'ri yulduzlar bilan konsert dasturidan reportajlar tashkil qilishgani. Xonanda Lola o'zining noodatiy va original bo'lgan chiqishiga qattiq tayyorlangani (bu chiqish haqiqatda sensatsion hamda muvaffaqqiyatli bo'ldi). Ba'zi bir xonandalarning qattiq hayajonlangani… Ehe, gapirsa uzoq davom ettirish mumkin. Konsert dasturi tugagach, tomoshabinlar bilan suxbatda, barchaga konsert dasturi manzur bo'lganligi hamda bunday konsertlarni yana tashkil etilishi lozimligi to'g'risida barcha ta'kidlab o'tdi.

Albatta muxlislarga bir sirni ochishimiz mumkin. Bundan buyog'iga O'zbegim taronari hamda Tarona rekords kompaniyalari bu tarzdagi ajoyib konsert dasturlarini har yili muxlislarga taqdim etishni rejalashtirishgani bizni quvontirmay qolmaydi. Quyida esa konsert dasturi saxna ortidagi ba'zi fotosuratlarni taqdim etamiz.

P.S.: O'zbegim taronasi radiosi yana bir bor ushbu konsert dasturini tashkillashtirishda EVO Internet provayderiga hamda barcha jonbozlik ko'rsatganlarga o'zlarining minnatdorchiliklarini bildiradilar.

Yulduzlar yog'dusi

Yulduzlar yog'dusi

Yulduzlar yog'dusi

Yulduzlar yog'dusi

Yulduzlar yog'dusi

Yulduzlar yog'dusi


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *