Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Sen, 2009

«Xotira» dasturida kimlar ishtirok etishi aniq!

Navro`z«Navro’z» radiosining ajoyib iste’dodli radioboshlovchisi Botirxon, ulug’ kunlar arafasida «Bojalar» guruhining a’zosi Mo’min Oripovning yorqin xotirasini abadiylashtirish va uning ruhini shod qilish maqsadida «Xotira» dasturi tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi. Endi esa sizga ushbu dasturda kimlar ishtirok etishini aytish vaqti keldi…Demak, 13 sentyabr kuni soat 22:00dan 23:00gacha efirga uzatiladigan ushbu dasturda klipmeyker va rejissor Yodgor Nosirov, Nigora (Oybek & Nigora), shoir Timur, aktyor Alisher Uzoqov, Mirjamol va albatta Mo’min Oripovning volidalari Jamila aya va padari buzrukvorlari Mahmud akalar ishtirok etishgan. Hali bundan dastur FM to’lqinlari orqali taqdim qilinmagan edi. Turli OAVlarida faqatgina bir kishi bilan suhbatlar yoki bo’lmasa qisqa va uzuq-yuluq gaplar e’lon qilindi. Aynan shunday holatdan dastur boshlovchisi Botirxon qochishga harakat qildi va qaysidir ma’noda bu unga erishdi. Portalimizni kuzatib boring. Yaqin orada dasturning yana bir eksklyuziv tarafi haqida xabar beramiz.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *