Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Sen, 2009

«Xotira» dasturi haqida batafsil ma’lumot!

Navro`zJoriy yilning 29 iyun kuni Tojikiston Respublikasidan gastrol safari bo’lib qaytayotgan «Bojalar» guruhi avtohalokatga uchragani va unda ushbu guruhning a’zosi Mo’minxo’ja Oripov 25 bahorida vafot etganidan xabaringiz bor. FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosining ajoyib boshlovchisi Botirxon, shunday ulug’ kunlarda «Bojalar» guruhining a’zosi Mo’minxo’ja Oripovning yorqin xotirasini abadiylashtirish va yod etish maqsadida dastur tayyorladi. Dastur haqida to’liq va eksklyuziv ma’lumotlarni havola qilish vaqti keldi!

Boshlovchi Botirxon «Xotira» dasturini tayyorlashga ikki yarim oy vaqt sarfladi. Dastur Mo’minxo’ja Oripovning tug’ilishidan toki o’sha yuz bergan mudhish voqeagacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlarni yig’ishda Mo’minxo’janing do’stlari, hamkasblari va albatta ota-onalari yordam berishdi. Jumladan, xonanda Mirjamol va Nigora (Oybek & Nigora), klipmeyker Yodgor Nosirov, yaqin do’sti aktyor Alisher Uzoqov, shoir Timur va albatta Mo’minxo’ja Oripovning volidalari Jamila aya va padari buzrukvorlari Mahmud akalarni aytib o’tish mumkin. Ammo dasturda «Bojalar» guruhining yana bir a’zosi Jahongir Poziljonov ishtirok etishdan bosh tortdi. Albatta bu uning xohishi edi. Botirxonning «Xotira» dasturi uch jihati bilan alohida ajralib turadi.
Birinchisi, «Xotira» dasturi avvalida Jahongir Poziljonov tomonidan kuylangan «Xotira» qo’shig’i ilk bora FM to’lqinlari orqali taqdimot bo’lishidir.
Ikkinchisi, «Xotira» dasturida juda ko’plab insonlar ishtirok etganidadir. Chunki shu kungacha boshqa OAVlarida faqatgina birgina shaxs bilan uyushtirilgan suhbatlar e’lon qilib kelindi.
Uchinchi tomoni shundaki, «Xotira» dasturi so’nggida Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod Rahimov Jahongir Poziljonov tomonidan kuylangan yana bir «Xotira» qo’shig’i ilk bora FM to’lqinlari orqali aynan 13 sentyabr kuni FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali jarang sochishidadir.
Umumiy hisobda «Bojalar» guruhi tomonidan kuylangan 12 ta eng saralangan taronalar dastur davomida efirga uzatiladi.

Demak yana bir bor eslatib o’tamiz, boshlovchi Botirxon tomonidan tayyorlangan «Xotira» dasturi 13 sentyabr kuni soat 22:00dan 23:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali efirga uzatiladi. Ushbu dasturni tinglashni unutmang. Zero, dasturni tinglab, vaqtingiz bekorga ketqazmaganingizga amin bo’lasiz.

Mo’minxo’ja Oripov sening xotirang abadiy. Foniy dunyodan boqiy dunyoga ketgan bo’lsangiz ham, Siz bizning yuragimizda, qalbimizda doimo hayotsiz. Sizning nomingiz doimo qalblarimizda abadiy barhayot!

 Alloh o’tganlarni rahmatiga olgan bo’lsin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *