Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Fev, 2008

«Uchrashuv» mehmoni SB.uz portali va yulduzlar!

Uchrashuv«O’zbegim taronasi» radiosi hamda www.Shou-bizneS.uz portali hamkorlikdagi «Uchrashuv» dasturining navbatdagi soni mutlaqo o’zgacha bo’ladi. Nega deysizmi? Chunki, dasturning navbatdagi mehmonlari SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda yulduzlar! Bunday uchrashuv bir yilda bir marotaba bo’ladi!!! Shunday ekan o’tkazib yubormang. Aks holda afsuslanasiz!!! 10 fevral soat 12:00dan 14:00ga qadar FM 101 to’lqinida!!!

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, dasturning navbatdagi sonida siz estradamiz yulduzlari hamda SB.uz portali ijodiy guruhi bilan ajoyib suhbatni tinglashingiz mumkin bo’ladi. Dastur birinchi raqamli portalning 2 yillik bayramiga bag’ishlanadi. Siz kutgan «Uchrashuv» har doimgidek sizga qiziqarli uchrashuvni taqdim etadi!!! SB.uz portali ijodiy guruhiga siz o’z savollaringizni fm101@sb.uz elektron pochtasiga yoki quyida joylangan savol yuborish formasi orqali yakshanba soat 10:00ga qadar yo’llashingiz mumkin. Savollaringizga javobni bizning portal orqali yakshanba kuni soat 12:00dan 14:00ga qadar «O’zbegim taronasi» bloki orqali radioni ON-LINE tarzda tinglab olishingiz mumkin. Demak, birgalikda tinglaymiz!!!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *