Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Yan, 2008

«Uchrashuv» mehmoni Ayub Shahobiddinov!

Uchrashuv«O’zbegim taronasi» radiosi hamda www.Shou-bizneS.uz portali hamkorlikdagi loyihasi «Uchrashuv» dasturi ba’zi sabablarga ko’ra bir qancha vaqt mobaynida efirga uzatilmadi, ammo u yana siz bilan birga! Dasturning navbatdagi mehmoni taniqli kinorejissor Ayub Shahobiddinov. Siz bu rejissorni «Sevinch», «Ko’rgulik» kabi kartinalari orqali yaxshi taniysiz. Tez kunlarda Ayub Shahobiddinovning «Telba» nomli yana bir kartinasini tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi.

20 yanvar kuni soat 12:00dan 14:00ga qadar FM 101 to’lqinini tinglashni unutmang. Shunda siz «Uchrashuv» dasturining navbatdagi mehmoni yuqorida aytib o’tganimizdek kinorejisser Ayub Shahobiddinov bilan bo’lib o’tadigan suhbatni tinglash imkoniga ega bo’lasiz. Siz kutgan «Uchrashuv» har doimgidek sizga qiziqarli uchrashuvni taqdim etadi!!! Ayub Shahobiddinovga siz o’z savollaringizni fm101@sb.uz elektron pochtasiga yoki quyida joylangan savol yuborish formasi orqali yakshanba soat 10:00ga qadar yo’llashingiz mumkin. Savollaringizga javobni bizning portal orqali yakshanba kuni soat 12:00dan 14:00ga qadar «O’zbegim taronasi» bloki orqali radioni ON-LINE tarzda tinglab olishingiz mumkin. Demak, birgalikda tinglaymiz!!!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *