Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tavallud kun muborak, Ibrohim Ahmedov!
18 Avg, 2014

Tavallud kun muborak, Ibrohim Ahmedov!

Ibrohim Ahmedov tavallud kuniBugun shahrimizda joylashgan restoranlarning birida «Grand» radiosi boshlovchisi Ibrohim Ahmedov o’z yaqinlarini jamlagan holda tavallud kunini nishonladi. Mana shu yaqinlari qatorida bizni ham uyushitilgan tor doiradagi ziyofatga taklif etdi.

Avvalo Ibrohimga mazkur taklif uchun tashakkur bildirgan holda, uni 30 yoshni qarshilaganligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz. Iste’dodli radioboshlovchini tabriklash uchun o’zbek shou-biznesi vakillaridan Manzura, Nilufar, Alisher Uzoqov, Kaniza kabi ijodkorlar tashrif buyurishdi. Ular o’zlarining kuy-qo’shiqlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarni ko’nglini ko’tarishdi. Bu tavallud bayrami ketidan yana bir ajoyib bayram kutib turibdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 25-avgust kuni Ibrohim Ahmedovning nikoh oqshomi bo’lib o’tadi. Biz o’z o’rnida Ibrohimni mana shu quvonchli kun yaqinlashib kelayotganligi bilan ham tabriklab qolamiz. Baxt va omad sizni hech qachon tark etmasin, Ibrohim!!! Darvoqe, nikoh oqshomida Ibrohimning kuyovjo’rasi Alisher Uzoqov bo’lishidan xabar topdik. Demak, nikoh oqshomi ham ajoyib shouga aylanishi turgan gap!

Quyida siz azizlar uchun tavallud kun bayramida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 1 329 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *