Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Fev, 2007

"Taqdimot"ni tinglaymiz!!!

Taqdimot dasturiFM 88,4 MHZ to’lqinlaridan o’rin olgan «Navro’z» radiosi bilan hamkorligimiz davom etmoqda. Yakshanba kuni, 25 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:00dan 15:00ga qadar efir yuzini ko’rajak taqdimot dasturining bu galgi mehmoni xushovoz xonanda Aziza Niyozmetova bo’ladi.

Dastur boshlovchisi Sadafning bergan ma’lumotiga ko’ra bu safar dasturda bir emas, balki ikki yangi tarona taqdimotiga guvoh bo’lar ekanmiz. Aziza Niyozmetova ijrosidagi «Sevgi dardi» va «Erkaklar» nomli yangi taronalarni siz ilk bor yakshanba kuni «Taqdimot» dasturida tinglash imkoniga ega bo’lasiz. Siz dastur orqali yangi taronalar borasida o’z fikr mulohazalaringizni ham bildirishingiz mumkin. Demak, «Taqdimot»ni o’tkazib yubormang!

Taqdimot dasturi


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *