Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Fev, 2009

«Taqdimot»da Jakhongir.Uz va Mirtohir Mirg’ulomov ishtirok etishdi…

Taqdimot dasturiAyni kunlarda SB.uz portali ijodiy jamoasi o’zining 3 yoshini munosib nishonlash maqsadida katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Mana nihoyat konsert dasturiga ham roppa-rosa 2 hafta qoldi. Bugun SB.uz portalining yaqin hamkorlaridan biri bo’lgan FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosining «Taqdimot» dasturi orqali SB.uz portalining maxsus madhiyasining taqdimoti bo’lib o’tdi. «Taqdimot» mehmoni sifatida bastakor va xonanda Jakhongir.uz va portal prezidenti Mirtohir Mirg’ulomov ishtirok etdi…

Dastur boshlovchisi Sadaf taklif qilingan bu ikki ijodkor bilan dildan suhbat olib bordi. Unda SB.uz portalining 3 yoshga to’lishi munosabati bilan bo’lib o’tadigan katta gala-konsert haqida so’z bordi. Shuningdek, yulduzlar ishtirokida ijrosidagi SB.uz portalining maxsus madhiyasini yaratilish tarixiga nazar tashlandi. O’z navbatida bastakor Jakhongir.uz va «Studio.Uz» audio va video studiyasiga, shoir va xonanda Timurga portal prezidenti Mirtohir Mirg’ulomov o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi. Chunki bu ikki ijodkor madhiyaning o’zagini yaratib berishdi. O’ylaymizki, konsert dasturi ham ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tadi.

Barchani 28 fevral kuni soat 17:00da poytaxtimizda joylashgan «Turkiston» san’at saroyida bo’lib o’tadigan «SB.uz 3 yoshda» deb nomlangan katta gala-konsertga taklif qilamiz. Murojaat uchun telefonlar: 234-99-45 va 128-14-47.

Taqdimot dasturi

Taqdimot dasturi

Taqdimot dasturi

Taqdimot dasturi


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *