Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Sen, 2008

«Taqdimot» dasturida Sardor Rahimxon!

TaqdimotFM 88,4 MHz «Navro’z-yangi kun» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efirga uzatiladigan »Taqdimot» dasturi har yakshanba radiotinglovchilarga havola etiladi. Bilasiz, »Taqdimot» dasturiga el suygan estrada xonandalari taklif qilinadi. Ushbu haftada esa, 19-20 oktyabr kunlari o’zining «Seni asragayman» deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar e’tiboriga havola etishni reja qilgan xonanda Sardor Rahimxon mehmon bo’ladi. Gap shundaki Sardor Rahimxon, konsert dasturiga tayyorlanish bilan bir qatorda yangi qo’shiqlar yaratishga ham vaqt topmoqda. Sardor ijrosidagi «Faryod» taronasi fikrimizning yaqqol isbotidir. Ushbu yangi tarona yangi suratga olingan «Shabnam» kartinasi uchun saundtrek hamdir. Dastur ertaga 14 sentyabr kuni, soat 14:00dan 15:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatiladi. Agarda sizda Sardor Rahimxon uchun savollaringiz bo’lsa, dastur boshlovchisi Sadafning (sadaf@sb.uz) elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Javoblarni esa, dasturni tinglab bilib olishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *