Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Okt, 2008

«Taqdimot» dasturida Otabek Madrahimov!

TaqdimotSB.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi »Taqdimot» dasturi aksariyat radiotinglovchilar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Har hafta ushbu dastur orqali xalq suygan xonandalar o’zlarining yangi taronalarining taqdimotini o’tkazishadi. Bu hafta esa ushbu loyihada iste’dodli xonanda, nafaqat o’zbek tilidagi qo’shiqlari bilan shuhrat qozongan, balki hind tilidagi qo’shiqlari bilan ham o’zining muxlisiga ega bo’lgan Otabek Madrahimov mehmon bo’ladi.Dastur har doimgidek yakshanba kuni soat 14:00dan 15:00ga qadar FM 88,4 «Navro’z» radiosi orqali efirga uzatiladi. Otabek Madrahimov o’zining muxlislari uchun eng so’nggi yaratgan «O’zbekiston» nomli taronasining taqdimotini o’tkazadi va muxlislar bilan 1 soat davomida dildan suhbatlashadi. Agarda sizda Otabekka savollaringiz bo’lsa, hozirdanoq dastur boshlovchisi Sadafga sadaf@sb.uz elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin. Dasturni tinglab esa o’z javoblaringizga ega bo’lasiz.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *