Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Noy, 2008

«Taqdimot» dasturi mehmoni Zulayho Boyxonova!

TaqdimotFM 88,4 «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida efrga uzatiladigan boshlovchi Sadafning «Taqdimot» dasturi ko’pchilik radiotinglovchilar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Har hafta so’nggida ushbu dasturga xalqimizning sevimli san’atkorlari tashrif buyurib, o’zlarining yangi taronalarining taqdimotini o’tkazishadi. Ertaga 16 noyabr kuni «Taqdimot» dasturiga O’zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova mehmon bo’ladi.Zulayho Boyxonova «Taqdimot» dasturi orqali dekabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan konsert dasturi haqida boshlovchi Sadaf bilan dildan suhbat quradi. Darvoqe, agarda sizda ham Zulayho Boyxonovaga savollaringiz bo’lsa, sadaf@sb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Javoblarni esa dasturni tinglab bilib olasiz.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *