Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Yan, 2009

«Taqdimot» dasturi mehmoni «Shod» guruhi!

TaqdimotFM 88,4 MHz to’lqini orqali har yakshanba soat 14:00dan 15:00ga qadar «Tqdimot» dasturi efirga uzatiladi. Bilasiz, ushbu dastur SB.uz portali hamda «Navro’z» radiosi bilan hamkorlikda olib boriladi. Kelayotgan yakshanba ushbu dasturda «Shod» guruhi yigitlari mehmon bo’lishadi. Guruh a’zolari o’zlarining muxlislari uchun ajoyib sovg’a tayyorlashgan. Qanday sovg’a ekanligi bilan qiziqayotgan bo’lsangiz, ichkariga razm soling…Xabaringiz bor, «Shod» guruhi o’zining sho’x-sho’x taronalari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy egallashga ulgurishgan. «Taqdimot» dasturi orqali ular ilk mahzun ohangdagi taronalarining taqdimotini o’tkazishni rejalashtirishgan va bir soat davomida dastur boshlovchisi Sadaf bilan dildan suhbat qurishadi. Agarda sizda ham savollaringiz bo’lsa, hozirdanoq sadaf@sb.uz elektron manziliga yozib yuborishingiz mumkin. Albatta javoblarni dasturni tinglab bilib olishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *