Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Fev, 2007

"Shou-biznes.uz" dasturi yana efirda!

Hamroh avtoradiosi«Hamroh» avtoradiosi bilan hamkorlikdagi loyihamiz davom etmoqda. Ertaga, ya’ni 10 fevral kuni ertalab soat 7:30 da «Shou-biznes.uz» dasturi efir yuzini ko’radi. Ajoyib dasturni o’tkazib yubormang.

Ushbu dasturni tinglagan holda siz Shou-biznes olamida sodir bo’layotgan eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lishingiz mumkin. Shuningdek, 13 hamda 14 fevral kunlari ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadigan xonanda Sharof Muqimov bilan uyushtiriladigan suhbatdan ham bahramand bo’lishingiz mumkin. Sharofning qalbiga quloq tutsangiz u kimni deydi? Bu savolga dasturni tinglab javob topishingiz mumkin bo’ladi. Agarda siz efirni to’g'ridan-to’g'ri tinglash imkoniyatiga ega bo’lmasangiz, ertaga siz «Shou-biznes.uz» dasturini 2 sonini portalimizdan ko’chirib olib, bemalol tinglay olasiz.

Ertaga, 11 fevral kuni soat 7:30 hamda 19:30 da «Hamroh» radiosida dasturni takroran tinglashingiz mumkin. Agarda siz dasturni ko’chirib olish istagida bo’lsangiz, marhamat!

Dasturni ko’chirib olish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *