Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Okt, 2008

«Shabnam» filmi ijodkorlari bilan «Uchrashuv»!!!

Uchrashuv«O’zbegim taronasi» radiosi hamda SB.uz portali hamkorlikdagi «Uchrashuv» dasturi har doimgidek, bu safar ham juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Xabaringiz bor, bu galgi «Uchrashuv» «Shabnam» filmi ijodkorlari bilan bo’lishi lozim edi. Shunday ham bo’ldi. Dasturda mehmon tariqasida Oydin Yusupova, Alisher Uzoqov hamda Manzura ishtirok etdilar.

Film haqida ko’p iliq fikrlar eshitayotgan edik. Buning tasdig’ini esa kinoteatrga tashrif buyurib, filmni tomosha qilgan muxlislardan so’rash o’rinli. Ammo, dasturda ishtirok etgan uch nafar ijodkor ham mazkur kartina haqida yaxshi fikrlar bildirishdi. Demak, film yomon chiqmagan bo’lsa kerak! Dasturni tinglagan tinglovchi u yerda qanday suhbat kechganini bilib olishgani aniq. Tinglamaganlari esa, afsus hech bir ma’lumotga ega bo’la olmasliklari mumkin edi, agarda SB.uz portali bo’lmaganda. Biz sizga har doimgidek dastur jarayonidan eksklyuziv fotolavhalarni havola etamiz. Shuningdek, ba’zi ma’lumotlarga ham e’tibor qaratamiz.

«Shabnam» filmi haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar:
1) Mazkur kartina «Ko’zlarimni yumdim, seni ko’rmoqlik uchun!» shiori ostida ekran yuzini ko’rdi.
2) «Shabnam» filmida Ulug’bek Qodirov, Gulchehra Eshonqulova, Oydin Yusupova hamda Aziz Rametov bosh rollarni talqin etishgan.
3) Film uchun maxsus saundtrek Sardor Rahimxon («Faryod» taronasi) hamda Nargis Muzaeva («Alvido» taronasi) tomonidan ijro etilgan.

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *