Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Fev, 2008

SB.uz bilan «Uchrashuv»!!!

UchrashuvHar yakshanba FM 101 MHZ «O’zbegim taronasi» radiosi orqali «Uchrashuv » dasturi bo’lib o’tishi haqida xabaringiz bor albatta. Har doimgidek ushbu dastur mehmonlari Jamshid Xojiniyozovning kutilmagan hamda ajoyib savollariga javob beradilar. Bu hafta esa «Uchrashuv» dasturi mehmonlari SB.uz portali xodimlari hamda estrada yulduzlari bo’lishdi.

Bu galgi «Uchrashuv» dasturi avvalgilaridan anchayin o’zgacha bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, eksklyuziv tarzda SB.uz portalining 2 yoshga to’lishi bilan o’zbek estradasi yulduzlari hamda muxlislar tabriklashdi. Dastur avvalida Oybek va Nigora hamda Ziyoda studiyaga tashrif buyurishdi. Ajoyib suhbat hamda tabrikdan so’ng ularning o’rnini 2 nafar SB.uz portali muxlislari egallashdi. O’z o’rnida ular ham portalni 2 yoshi bilan tabriklashdi va studiyani tark etishdi. Navbat keyingi mehmon, Bahrom Yoqubovga keldi. Ular o’z o’rnida O’zbekistonda, umuman o’zbek kino olami hamda shou-biznes olamida SB.uz portalini kerakli hamda eng muhim o’rni borligini ta’kidlab o’tdilar. Dasturga yulduzlar estafeta shaklida navbati bilan kirib kelishda davom etardilar. Ularning keyingisi «Setora» guruhi edi. Navbat Sardor Rahimxonga keldi. Sardor SB.uz portalini ajoyib hazil ila ayyom bilan qutladi. Nilufar Usmonovaning tashrifi esa dasturni eng so’nggi qiziqarli pallasiga chiqishida yordam berdi. So’z so’ngida SB.uz portali prezidenti Mirtohir Mirg’ulomov barchaga tashakkur bildirdilar. Shu bilan 10 fevral «Uchrashuv» dasturi yakuniga yetdi.

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *