Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Iyul, 2007

Samandar bilan «Uchrashuv»

Uchrashuvwww.Shou-bizneS.uz portali hamda «O’zbegim taronasi» radiosi hamkorligida uyushtirilayotgan «Uchrashuv» dasturining navbatdagi, ikkinchi soni ham bo’lib o’tdi. Dasturda avvaldan xabar berilganidek estradamiz yulduzi, o’zini asosan aktyor deb hisoblaydigan Samandar ishtirok etdi.

Dastur mobaynida Samandarga ancha qiyin bo’lganligi aniq. Zero, yurtimizning eng taniqli radio boshlovchilaridan biri hisoblanmish Jamshid Xojiniyozovning bergan savollariga javob berish uncha-buncha xonandaga ham oson kechavermaydi.

Samandar «Uchrashuv»ning avvalgi mehmoni Shohruhxonga nisbatan ancha erta keldi. Hattoki, dastur boshlanishiga qadar «O’zbegim taronasi» yaqinida joylashgan «Kusto» kafesida o’tirib tamaddiq qilib olishga ham ulgurdi. Samandar bilan birgalikda klipmeyker, aktyor va xonanda Behzod Tojiev ham tashrif buyurdi. Bilishimizcha ayni kunlarda Samandarning yangi qo’shiqlaridan biriga ushbu ijodkor tomonidan klip tasvirga tushirilayotgan ekan.

Demak, odatga ko’ra mehmon san’atkorni siz va biz bilmagan ma’lumotlari bilan tanishing:

1) Samandarning «Sevgi fazosi» taronasini undan avval Ali Niyazombetov ijro etgan.
2) 2007 yil avgust oyi birinchi yarimida Samandarning to’yi bo’lib o’tadi.
3) Birovni ko’ngliga ozor berishdan va undan omad yuz o’girishidan qo’rqadi.
4) Samandar qiziqchilik borasida ham o’zini sinab ko’rish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *