Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Fev, 2008

Rixsitilla va Dilnoza «Uchrashuv»da!

UchrashuvSB.uz portali hamda «O’zbegim taronasi» radiosining qo’shma loyihalaridan biri bo’lgan «Uchrashuv» dasturi bugun juda ham ko’tarinki ruhda o’tdi, desak aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Dastur boshlovchisi Jamshid Xojiniyozov, har ikkala mehmonni ham ranjitmaslik uchun ajoyib usuldan foydalandi. Ya’ni, uchrashuvning birinchi soatini Dilnoza Kubaevaga, ikkinchi soatini esa, Rixsitilla Abdullaevga bag’ishladi. Suhbat davomida har ikkala qahramon haqidagi biz bilgan va bilmagan ma’lumotlarni tinglash imkoniyatiga ega bo’ldik. Demak, ushbu ma’lumotlarning ba’zilari bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz…

Dilnoza Kubaeva:
1. Kinoda suratga tushish bilan birgalik, hozirda O’zbek milliy akademik drama teatrida ham ishlab kelmoqda…
2. Uning orzusi, Nodirabegim, Uvaysiy, To’maris kabi obrazlarni yaratish…
3. Sevgan insoni haqida gapirishni istamaydi…
4. Dilnoza Kubaeva va Ulug’bek Qodirov o’rtasida sevgi rishtalari bor degan ma’lumotlar «sariq matbuotda» yozilgan. Lekin Dilnoza, bularning barchasi yolg’on ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi…

Rixsitilla Abdullaev:
1. 1978 yil 5 aprelda Toshkentda tavallud topgan…
2. 2002 yilda uylangan. Rafiqasining ismi Nodira. Hozirda jajjigina Tojirahmon ismli o’g'li bor…
3. Qayniotasi O’zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov…
4. Rixsitilla Abdullaev, ba’zida hayotda hamma narsani pul bilan o’lchaydi…

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *