Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Dek, 2007

«O’zingni ko’rsat!» loyihasining ilk haftasi yakuniga yetdi!

O`zingni ko`rsatO’zbekistonda hali bunaqasi bo’lmagan! «O’zingni ko’rsat» loyihasi haqida aynan shunday fikrni ilgari surishimiz mumkin. Zero, aynan mana shu dastur orqali siz taniqli yulduzlar safiga qo’shilishingiz mumkin. Buning uchun ushbu loyihada ishtirok etishning o’zi kifoya. Albatta agarda iqtidoringiz bo’lsa!

Bugun «O’zingni ko’rsat» loyihasining ilk haftalik yakuni bo’lib o’tdi va unda birinchi bosqichdan o’tgan ikki ishtirokchi qatnashdi. Har ikkala ishtirokchi milliy yo’nalishda bittadan qo’shiq kuylab berishdi. Uni tahlil qilish ekspertlarga, ya’ni loyiha musiqiy direktori Sarvar Rahmatxo’jaev hamda SB.uz portali rahbari Mirtohir Mirg’ulomovga yuklatildi. Shuningdek, tinglovchilar ushbu ikki ishtirokchiga o’z ovozlarini yo’lladilar. Ekspertlar aslida 4 kishidan iborat. Afsuski, ulardan ikki nafari ba’zi sabablarga ko’ra ishtirok eta olishmadi. Loyiha shoiri Ibrohim Jiyanov viloyatlarda gastrol safarda bo’lganligi uchun ishirok eta olmagan bo’lsalar, loyiha prodyuseri Jamshid Xojiniyozov betobliklari sababli, shifoxonada davolanayotganliklari sababli ishtirok eta olishmadi. Kelasi safar nasib qilsa ular ham ishtirok etadilar.
Xabaringiz bor loyihaning avvalgi bosqichlaridan eson-omon o’tib olgan Umarova Nargizaxon hamda Xasanov Umidjon navbatdagi bosqichda bellashishlari lozim edi. Shunday ham bo’ldi. Ekspertlar ularning ijrolarini baholab, shou-biznesda nafaqat ijro asosiy rol o’ynashini, balki tashqi qiyofa ham muhim ekanligini hisobga olib studiyaga taklif etishni lozim topdilar. Ularni tashqi ko’rinishlarini ko’rib, qisqa savol-jaavob qilgandan so’ng, yakuniy natijani e’lon qilishga qaror qildilar. Demak, «O’zingni ko’rsat» loyihasini kuzatishda davom etamiz!

O`zingni ko`rsat

 O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat

O`zingni ko`rsat


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *