Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Dek, 2007

«O’zingni ko’rsat!»… bugungi g’olib kim?

O`zingini ko`rsat«O’zbegim taronasi» va SB.uz portali hamkorlikda taqdim etayotgan «O’zingni ko’rsat!» loyihasining ikkinchi soni ham efir yuzini ko’rdi. G’oya muallifi va dastur boshlovchisi Dilmurod G’ulomov bugun, ya’ni 6 dekabr kuni «O’zingni ko’rsat» g’oyaviy dasturini ajoyib tarzda efirga uzatdi. Loyihaning ilk sonidanoq unga qiziqish va talab yuqoriligi kechagi ilk dastur orqali bilib olgan edik.

Loyiha qoidalariga ko’ra efirda 3 qo’ng’iroq qabul qilindi va ular o’zlarini yoshliklaridagi orzularini ro’yobga chiqarish uchun ilk qadamni qo’ydilar. Afsuski, qonun-qoida har doim, hamma joyda o’zgartirilmaydi… Ulardan ikki nafari bugunning o’zida loyihani tark etishi kerak va tark etishdi. Ammo, eng omadli va muxlislarning fikriga ko’ra iste’dodlisi deb topilgan Xasanov Umidjon ikkinchi g’olib sifatida ilk bosqichdan o’tdi va «O’zingni ko’rsat» loyihasining tarixidan o’rin egalladi. Har haftaning muborak juma kunida hafta davomida g’olib deb topilgan ishtirokchilar o’zaro bellashadilar, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, SB.uz portalida ovoz berish jarayoni o’tkaziladi, so’ngra ekspertlar tomonidan g’olib aniqlanadi…

Demak, «O’zingni ko’rsat» loyihasi soat 17:00dan boshlab… o’tkazib yubormang!

2007 yil Dekabr


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *