Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Dek, 2007

«O’zingni ko’rsat» barchaning diqqat markazida!

O'zingni ko'rsat«O’zbegim taronasi» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligidagi «O’zingni ko’rsat» loyihasi muxlislar diqqat markazida! Ishtirokchilar o’zlarini she’riyat va qo’shiqchilik bo’yicha sinab ko’rishmoqda. Loyihaning navbatdagi haftaligida esa keyingi bosqichga o’tgan ishtirokchi nomi ham aniqlandi. Demak, ushbu loyihaning navbatdagi hafta yakunlari bilan sizni tanishtiramiz.

Mazkur hafta davomida 4 kun mobaynida (dushanbadan payshanbaga qadar) o’zini ko’rsatishni istagan ishtirokchilar efirda o’z iste’dodlarini namoyon etdilar. Ulardan 4 nafari juma kuni bo’lib o’tadigan ekspertlar ishtirokidagi haftaning yakuniy bosqichida bellashish imkonini qo’lga kiritdilar. Ular, Rahimjon (Aziz Ali tahallusi) (She’riyat bo’yicha), Nafisa Rustamova (Qo’shiqchilik bo’yicha), G’ayrat Suvonov (She’riyat bo’yicha), Oybek Nishonov (Qo’shiqchilik bo’yicha). Nafisa Rustamova 18 ball bilan qo’shiqchilik yo’nalishi bo’yicha keyingi bosqichga chiqdi. She’riyat bo’yicha esa Rahimjon (Aziz Ali tahallusi) va G’ayrat Suvonov bir xilda 21 balldan to’plab keyingi bosqichga chiqish uchun yana bellashuvni davom ettiradigan bo’ldilar va kelgusi juma kuniga qadar siz aziz foydalanuvchilarimiz yordamida ulardan qay birlari keyingi bosqichga chiqishga loyiq ekanligi aniqlashga harakat qilamiz. O’z ovozingizni izoh tariqasida mana shu maqola tagida yozib qoldirishingizni so’raymiz. Bir foydalanuvchi faqat birgina izoh qoldirishga haqli.

Eslatib o’tamiz loyiha ekspert guruhi quyidagilardan iborat: loyiha boshlovchisi Dilmurod G’ulomov, prodyuseri Jamshid Xojiniyozov, musiqiy direktori Sarvar Rahmatxo’jaev, shoiri Ibrohim Jiyanov, SB.uz portali rahbari Mirtohir Mirg’ulomov.

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat

O'zingni ko'rsat


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *