Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Iyul, 2009

«O’zbegim taronasi»dan katta aksiya!

FM101 9 yoshdaSB.uz portalining doimiy hamkori «O’zbegim taronasi» radiosining tavallud kuniga ham sanoqli kunlar qoldi. Xabaringiz bor, o’zbegimchilar har yili radio tavallud ayyomini katta aksiya hamda qiziqarli viktorinalar bilan o’tkazishadi. Bu yil ham ushbu an’ana davom etadi.Demak, 24-iyul, erta tongdan to kechga qadar «O’zbegim taronasi» radiosi orqali ko’plab sovrinli viktorinalar, shuningdek shahar bo’ylab katta aksiyalar o’tkazilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, ushbu aksiya hamda viktorinalar davomida muxlislarga ko’plab sovg’alar ulashilishi kutilmoqda. Jumladan 9 ta yap-yangi uyali aloqa telefoni sim kartasi bilan hamda UCELL kompaniyasi tomonidan so’nggi raqamlari 9999 dan iborat «oltin raqam». Bu hali hammasi emas. Bundan tashqari homiylar tomonidan muxlislarga 100 dan ziyod sovg’alar ulashilishi bizga aniq bo’ldi. Xullas 24-iyul kuni FM101 MHz to’lqinlariga moslanib, «O’zbegim taronasi» radiosini tinglaymiz va ajoyib sovg’alar sohibiga aylanamiz. 101 da uchrashguncha…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *