Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Okt, 2008

O’zbegim taronasida Andi mehmon bo’ldi

O'zbegim taronasida Andi mehmondaHabaringiz bor, ayni kunlarda jahon estrada yulduzlaridan biri bo’lmish Andi o’zlarining yangi konsert dasturlari bilan yurtimizda mehmon bo’lib turiptilar. Ayni shu fursatdan foydalangan hamkorimiz O’zbegim taronasi radiosida bugun Andi bilan on-line tarzda uchrashuv bo’lib o’tdi.

Belgilangan vaqtga ertangi konsert dasturiga tayyorlanayotgan Andi janoblari biroz kechikib kelgan bo’lsalarda, suxbat davomida ular ko’pgina savollarga javob berishga, hattoki o’zbek tilida ham so’zlashishga ulgurdilar. Suxbatni o’z ishining ustasi Dilmurod G’ulomov o’zbek tilida boshlab bergan bo’lsalar, keyinchalik esa O’zbegim taronasining rusizabon boshlovchilari DJ Black hamda Magometali Idoyatovlar rus hamda ingliz tilida olib borishdi. Qizg’in suxbat davomida O’zbegim taronasi radiosiga turli ommaviy axborot vositalari hamda barcha soxa vakillari yetib kelishga ulgurishdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero eshik ortida juda ham katta sonli muhlislar Andi janoblarini kutib turishar edi. Shundan so’ng Andi janoblari o’z muhlislariga ertangi konsert dasturlaridan kichik bir sirni oshkor qildilar. Gap shunchaki, Andi o’zbek estradasining mega yulduzlari bo’lmish Farruh Zokirov hamda Aziza Niyozmetovalar bilan duet kuylaganini va ushbu duetdan ertaga, konsert dasturida barchani baxramand qilishini takidlab o’tdi. Dastur so’ngida Andi yana bir bora barchani o’z konsert dasturida kutib qolajakligini aynan o’zbek tilida takidlab o’tdilar va studiyani ko’tarinki kayfiyat ila tark etdilar.

Andi O'zbegimda

Andi O'zbegimda

Andi O'zbegimda


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *