Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Mart, 2011

«O'zbegim taronasi» radiosida 2 kunlik intervyu bo'lib o'tdi!

O'zbegim taronasiAvval xabar berib o'tganimizdek 18- va 19-mart kunlari FM 101 to'lqini «O'zbegim taronasi» radiosida «SB.UZ 5 yoshda!» gala-konsert  dasturi oldidan portalimiz rahbari Mirtohir Mirg'ulomov hamda bir nechta xonandalar bilan maxsus intervyu bo'lib o'tishi kerak edi.  Rejaga muvofiq mazkur intervyu juda chiroyli va maroqli tarzda bo'lib o'tdi.

Dastlab, 18-mart kuni soat 16:00dan 17:00ga qadar Sheruz jonli efiri orqali maftunkor Rayhon ham umidli xonanda Eldor  BEK konsertimizga atalgan maxsus intervyuda ishtirok etishdi. Ertasi kuni soat 18:00dan 19:00ga qadar esa Sabina boshlovchiligida  o'tadigan 2 soatlik efir vaqtida Ulug'bek Rahmatullaev, Mirjamol, konsertimizning yangi rejissori Burxon Sharopov hamda Abduvali  Rajabovlar mehmon bo'ldilar. Bo'lib o'tgan intevyular davomida konsertga doir qiziqarli savollarga portalimiz rahbari, konsert  rejissori, qolaversa xonandalar tomonidan muxlislar to'liq bo'lmasa-da javob olishdi, deb o'ylaymiz. Yana bir bor ta'kidlab o'tamiz,  hammasini konsert kuni ko'rasiz. SB.UZ doimo siz bilan. Mazkur intervyularni uyushtirib bergani uchun «O'zbegim taronasi» radiosi  ijodiy jamoasiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz.

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi

O'zbegim taronasi


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *