Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«O’zbegim taronasi» radiosi 14 yoshda!!!
24 Iyul, 2014

«O’zbegim taronasi» radiosi 14 yoshda!!!

O'zbegim taronasi 14 yoshda!SB.uz portalining yaqin hamkorlaridan biri «O’zbegim taronasi» radiosi bugun o’zining 14-yoshini nishonladi. Radioni muborakbod etish uchun o’zbek estradasi vakillari tashrif buyurishdi. Biz ham o’z o’rnida yaqin hamkorimizni muborakbod etish uchun FM 101 studiyasiga bordik.

Biz borganimizda «O’zbegim taronasi»ni muborakbod etib qaytayotgan xonanda Shohruhxonga duch keldik. Bizni eshikni oldidanoq radio rahbari Mahmud aka qarshi oldilar. Radioga tashrif buyurar ekanmiz, eshikni oldidanoq haqiqiy bayram nafasini his etish mumkin edi. Hammada bayramona kayfiyat, hursandchilik. Biz ham birin-ketin radio jamoasini muborakbod etib turganimizda estradamizning yana bir yorqin vakilasi Rayhon tashrif buyurdi. Xullas, yulduzlar tashrifi ertalabdan kechga qadar hech ham to’xtamayotganligi ko’rinib turibdi. Birozdan so’ng Shahzoda ham tashrif buyurishidan xabar topdik. Biroq, biz radiodan chiqib, yangi film prem’erasiga yo’l olishimiz lozim bo’lganligi uchun Shahzodani kutmasdan qaytishimizga to’g'ri keldi.

SB.uz portali «O’zbegim taronasi» radiosini 14-yoshi munosabati bilan yana bir bor chin dildan radio ijodkorlarini muborakbod etib qoladi. Ularga kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilagan holda, bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etib yurishlariga tilakdosh ekanligimizni bildirib qolamiz. Doimo yurtdoshlarimizga ko’tarinki kayfiyat ulashishda charchamang!!! Har doim birinchi raqamli radio bo’lib qoling!!!

Quyida siz azizlar uchun hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 411 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *