Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2007

«O’zbegim Taronasi» 7 yoshing muborak!!!

O'zbegim taronasiO’zbekistonda FM to’lqinida o’z o’rniga ega bo’lgan va barcha yurtdoshlarimizni ko’tarinki kayfiyatga chorlovchi «O’zbegim taronasi» radiosi bugun 7 yoshni qarshi oldi. Demak, maktabga chiqish vaqti keldi…

SB.uz portali ijodiy guruhi bizning hamkorlarimizdan biri hisoblanmish FM 101 «O’zbegim taronasi» radiosining bugungi zavqli kun bilan chin dildan muborakbod etadi. Mana shu 7 yillik ijodiy faoliyatingiz kelasi 70 yillik faoliyatingizga ruhiy dalda va ijodiy parvozlarga sababchi bo’lsin! Bizning hamkorligimiz esa abadiy qolsin!

Bugun «O’zbegim taronasi» radiosini tinglang va ajoyib loyihada ishtirok eting. Bugun ertalabdan radio ijodkorlari 200 so’mlik kupyurani ko’chaga chiqarib yubordi (ya’ni, kerakli narsa harid qilish bahonasida 200 so’mlik kupyurani savdo xodimlariga o’tkazishdi). Kun bo’yi mana shu seriya raqami yozib olingan 200 so’mlik kupyurani FM 101 ijodkorlari izlashadi va topib radio tahririyatiga olib kelgan shaxsga ajoyib televizor taqdim etadilar. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, zavqli tinglang!

Ushbu kun oxirida sizga fotodalillar havola etiladi…

(P/S: «O’zbegim taronasi» radiosini on-line tarzda portalimizning «O’zbegim taronasi» nomli bloki orqali ham tinglashingiz mumkin.)


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *