Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Modern Mebel
Bo'limlar menyusi
«O’zbegim taronasi» 15 yoshda!!!
24 Iyul, 2015

«O’zbegim taronasi» 15 yoshda!!!

O'zbegim taronasi 15 yoshda

SB.uz portalining eng yaqin hamkorlaridan biri «O’zbegim taronasi» radiosi bugun o’zining 15 yoshini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda zavqli radioning ashaddiy muxlislari nomidan biz FM 101 to’lqini hodimlarini muborakbod etib qolamiz.

O’zbekiston hududida faoliyat yuritadigan radiolar orasida «O’zbegim taronasi» radiosining alohida o’rni bor. Mana 15 yildirki ushbu radio o’z mavqeini birdek, mustahkam ushlab kelmoqda. Radioning rahbariyatidan tortib, to ijodiy va ishchi guruhigacha ahil-inoqligi e’tiborni tortadi. «O’zbegim taronasi» radiosiga tashrif buyurar ekansiz so’zsiz u yerdan kayfiyatingiz ko’tarilib qaytasiz. Xushchaqchaq va mehmondo’st jamoaning bugun tavallud kuni. Shunday ekan, biz SB.uz portali ijodiy jamoasi ularni chin dildan muborakbod etib qolamiz. Bunday 15 yillik tavalludlarning yana 15tasini ko’rish nasib etsin. Har doim shunday quvnoq va zavqli to’lqin bo’lib qoling. Tavallud kun muborak bo’lsin, «O’zbegim taronasi»!!!

O'zbegim taronasi 15 yoshda

 


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *