Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«O’zbegim taronasi» 13 yoshing muborak!!!
24 Iyul, 2013

«O’zbegim taronasi» 13 yoshing muborak!!!

FM 101 13 yoshdaBugun yurtimizning eng nomdor radiolaridan biri hisoblangan «O’zbegim taronasi» radiosi o’zining 13 yoshini nishonlamoqda. Ushbu tavallud kun munosabati bilan «O’zbegim taronasi» radiosiga juda ko’plab yulduzlarimiz birin-ketin o’z tabriklari bilan tashrif buyurishmoqda.

Muborakbod etish uchun biz ham tashrif buyurdik va biz tashrif buyurgan vaqtda studiyada boshlovchilar Dilmurod G’ulomov hamda Tursunoy Alimova efirni boshlash taraddudini ko’rishayotgan edi. Efir mehmoni esa Dilshodbek Kattabekov edi. Dilshodga biz ham mehmon sifatida qo’shildik. Suhbat qanday o’tganligini radioni tinglagan ko’plab muxlislar guvohiga aylanishdi. Darhaqiqat, radio hodimlarining kayfiyatlari chog’, haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surar edi. Turli aksiyalar tashkil etilgan holda «O’zbegim taronasi» radiosi muxlislariga bir qator hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan sovg’alar ulashildi. Zavqli radioning bir guruh ijodkorlari esa shahrimiz bo’ylab turli joylardan maxsus reportajlar va o’yinlar o’ynab jonli efirga chiqishdi. Xullas, haqiqiy bayramona kayfiyat nafaqat «O’zbegim»chilarda edi, balki ularni tinglagan har bir muxlis uchun ham bayramdek o’tdi bu kun. 1 soatlik efirda bevosita ishtirok etib, barchani muborakbod etganimizdan so’ng asta ortga qaytdik. Qaytayotganimizda yo’lda aksiyani o’tkazib kelayotgan Dj Mix, Sabina va bir guruh boshqa ijodkorlarga duch keldik. Esdalik uchun ular bilan ham fotosuratga tushdik. Quyida barcha fotosuratlarni siz azizlarga taqdim etmoqdamiz.

Shu o’rinda «O’zbegim taronasi» radiosi ijodiy jamoasini yana bir bor ushbu quvonchli kun bilan tabriklab qolamiz. Ularga omad va baxt tilagan holda kelajakda ham birinchi raqamli radio bo’lib qolishlariga tilakdoshmiz. Zavqli radioni doimo tinglab boring, aziz muxlislar!!!

Barcha fotosuratlar hamkorimiz «Asr Media» foto va video studiyasi tomonidan suratga tushirilgan.
Asr Media

Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 1 128 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *