Oybek va Nigora bilan «Uchrashuv»!!!
Oybek va Nigora FM 101 to’lqini hamda www.Shou-bizneS.uz portali hamkorligidagi «Uchrashuv» dasturida bugun mehmon bo’ldilari. Navbatdagi dastur ham avvalgilari singari juda ham qiziqarli tarzda kechdi.
Dastur boshlovchisi va muallifi Jamshid Xojiniyozov bu ikki ijodkorning ijodini sevib kuzatib borishini efir davomida alohida ta’kidlab o’tdi hamda muxlislarni, qolaversa o’zini qiziqtirgan savollari bilan Oybek va Nigoraga murojaat etdi. Xullas qisqa qilib aytganda zavqli to’lqinni tinglaganlar qiziqarli suhbatga guvoh bo’ldilar.
Oybek va Nigora haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar:
1) Oybek va Nigora kelajakda birgalikda turmush qurishlari ham mumkin.
2) Bu ikki ijodkor ichida Nigora qaysarroq hisoblanadi.
3) Oybek Nigoraga so’nggi bora 355 kun avval sovg’a taqdim etgan.
Barcha fotosuratlarni tomosha qilish