Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Iyul, 2007

Mirtohir Mirg’ulomov bilan «Uchrashuv»!

Uchrashuv«O’zbegim taronasi» radiosi hamda www.Shou-bizneS.uz portali hamkorligida efirga uzatilayotgan «Uchrashuv» dasturining navbatdagi sonida www.Shou-bizneS.uz portali asoschisi Mirtohir Mirg’ulomov bilan ochiq suhbat bo’lib o’tdi.

Dastur odatdagidek, bugun soat 12:00dan 14:00ga qadar FM 101 MHZ to’lqini orqali efir yuzini ko’rdi. Jamshid Xojiniyozov tomonidan yog’dirilgan bir qator savollar portalimiz asoschisini ancha qiyin vaziyatga solgan bo’lsada, Mirtohir Mirg’ulomov fikrlab javob berib qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Sevimli portalingizda hato va kamchiliklar bormi? SB.uz portalini xalq qanchalik biladi va sevadi? Portalimizda chop etilayotgan maqolalar haqqoniymi? Bu kabi savollarga Jamshid Xojiniyozov ushbu dastur mobaynida javob topishga erishdi.

Yuqoridagi savollarga dastur mobaynida topilgan javoblar esa quyidagicha:

1) SB.uz portalida hatoliklar deyarli yo’q. Biroq, portalning rus tili talqinida grammatik hatolar ko’zga tashlanib turibdi.
2) Sevimli portalingiz www.Shou-bizneS.uz ni juda ham ko’p vatandoshlarimiz biladi. («O’zbegim taronasi» radiosida 3 daqiqa mobaynida o’tkazilgan so’rovnomada ishtirok etgan barcha muxlislar bu portalni bilishlarini va juda-juda sevishlarini ma’lum qilishdi)
3) Portalda chop etilayotgan ma’lumotlar ayni haqiqat! Zero, Jamshid Xojiniyozov buni aniqlash maqsadida so’nggi joylangan yangiliklarni o’qib chiqib, Masrur Usmonov, Jahongir.uz hamda Samandar Hamroqulovga qo’ng’iroq qilishga jazm etdi va ularning tasdiqlaganliklari va har doim eng birinchi bizning portalga ma’lumot berishlarini eshitib o’z savollariga javob oldi.

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Uchrashuv

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *