Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyul, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»ning navbatdagi mashhur insoni!

Navro`z radiosi1-raqamli portal www.ShoubizneS.uz hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining navbatdagi g’olibi ham aniqlandi. Ushbu loyiha tashkil etilganiga unchalik ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, ko’pchilik muxlislarga manzur bo’lib kelmoqda…«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi har doimgidek 16 iyul kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali muxlislarga taqdim etildi. Loyihada sizga avval xabar berganimizdek, Oybek va Nigoraning ijodi haqidagi bir nechta savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon muxlislarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Oybek va Nigoraning mashhur «Izlayman» taronasi uchun ishlangan klip rejissori kim?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga ko’plab muxlislar javob topishga harakat qilishdi. Buning ijobiy natijasi o’raloq, Saidov Mirzohid ismli muxlis to’g'ri javobni SMS orqali Botirxonga taqdim etdi. Botirxon, o’z navbatida to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob quyidagicha edi:
Javob: Oybek va Nigoraning «Izlayman» taronasiga ishlangan klipining rejissori Yodgor Nosirov!
Saidov Mirzohidni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.
Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *