Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Iyul, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»ning navbatdagi g’olibi…

Mashhurlikka ilk qadam!1-raqamli portal www.ShoubizneS.uz hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining bu haftadagi g’olibi ham aniqlandi. Interaktiv loyiha hisoblangan ushbu loyihaga muxlislarning qiziqishi juda yuqori! Bunga sizdan kelayotgan maktublardan amin bo’ldik. Loyihani har doimgidek, iste’dodli radioboshlovchi Botirxon olib bordi…«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali muxlislarga taqdim etildi. Loyihada sizga avval xabar berganimizdek, «Se*tanho» (sobiq «Setora») guruhining ijodi haqidagi bir nechta savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon muxlislarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Sobiq «Setora», «Se*tanho» guruhi 2002-yilda o’tkazilgan «Tarona taqdimoti» kechasidada qaysi nominatsiyasi bo’yicha taqdirlangan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga ko’plab muxlislar javob topishga harakat qilishdi. Buning ijobiy natijasi o’raloq, Ahmedov Azizbek ismli muxlis to’g'ri javobni SMS orqali Botirxonga taqdim etdi. Botirxon, o’z navbatida to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob quyidagicha edi:
Javob: Sobiq «Setora», «Se*tanho» guruhi 2002-yilda o’tkazilgan «Tarona taqdimoti» kechasidada «Yilning eng yaxshi albomi» nominatsiyasi bo’yicha taqdirlangan.
Ahmedov Azizbekni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.
Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *