Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Avg, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»ning mashhur insoni…

FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda www.ShoubizneS.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi e’tiboringizga havola etib kelinmoqda. Avval xabar berganimizdek, ushbu hafta loyiha mehmoni sifatida Otabek Mutalxo’jaev taklif etilgan edi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Yodgor Mirzjonov haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon radiotinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Otabek Mutalxo’jaev ilk bor nechinchi yili katta sahnaga qadam qo’ygan?
Ajoyib boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga zukkolik bilan Hilola Egamberdieva ismli tinglovchi SMS orqali to’g'ri javobni yo’lladi. Botirxon, o’z navbatida to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Otabek Mutalxo’jaev ilk bor 2004-yili katta sahnaga qadam qo’ygan.
Hilola Egamberdieva
ni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *