Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyun, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam»ning ikki g’olibi aniq!

1-raqamli portal SB.uz hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida har chorshanba efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi qariib yarim yildan beri muxlislar hukmiga taqdim etib kelinmoqda. Bugun loyihada avval xabar berganimizdek Jasur Umirov mehmon bo’ldi.

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi 3 iyun kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Jasur Umirov haqidagi savol bilan Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Jasur Umirov qaysi mevani sevib iste’mol qiladi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga anchayin qiynalishdi. Botirxon esa dastur nihoyalanib borayotgan bir paytda biroz tinglovchilarga yordam berdi. Shundan so’ng to’g'ri javobni telefon orqali Aziz, SMS orqali esa Dilshod ismli tinglovchilar e’lon qilishdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Jasur Umirov mevalardan yong’oqni sevib iste’mol qiladi.

Aziz hamda Dilshodlarni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *