Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Okt, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!»ning g’olibi…

Mashhurlikka ilk qadamFM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali hamkorligida tashkil etilgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi barchada birdek yaxshi taasurot qoldirib kelmoqda. Loyihaning ushbu soni qo’shaloq bayram ustiga to’g'ri keldi. Bu ham baxt. Avval xabar berganimizdek, ushbu hafta loyiha mehmoni sifatida iste’dodli xonanda Mirjamol taklif etilgan edi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Mirjamol haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Mirjamol qaysi o’rta maktabni bitirgan?
Iste’dodli boshlovchi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga avvaliga tinglovchilar biroz qiynalishdi. Ammo Jahongir G’ulomov ismli tinglovchi SMS orqali to’g'ri javobni yo’lladi. Botirxon, to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’landi va g’olib bo’lganligi bilan muborakbod etdi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Mirjamol poytaxtimizda joylashgan 224-maktabni bitirgan.
Jahongir G’ulomov
ni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi. «Navro’z» radiosiga tashrif buyurib, o’z sovg’alarini olib ketishlari mumkin.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *