Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Avg, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam»da Yodgor!

Mashhurlikka ilk qadamwww.ShoubizneS.uz portali hamda FM 88,4 MHZ «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi ko’pchilik muxlislarga manzur bo’lmoqda. Buni bizga kelayotgan ko’plab maktublardan bilishimiz mumkin. Ushbu loyihaning navbatdagi mehmoni iste’dodli xonanda «Nihol» mukofoti sovrindori Yodgor Mirzajonov!«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida siz ham bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Loyiha davomida Yodgorning ijodi yoki hayotiga tegishli savollar bilan boshlovchi Botirxon sizlarga murojaat qiladi. Siz esa, o’z navbatida savolga javob topishingiz zarur. Agar siz g’olib deb topilsangiz, ismi-sharifingiz sevimli portalingiz SB.uz portali orqali e’lon qilinadi. «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi odatdagidek, 6 avgust, chorshanba kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *