Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Sen, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» mehmoni Umar Shamsiev!

Mashhurlikka ilk qadam«Mashhurlikka ilk qadam!». Ushbu loyiha mana 3 oydan beri siz azizlarga havola etib kelinmoqda. «Mashhurlikka ilk qadam!» «Navro’z» radiosi hamda SB.uz portali bilan hamkorlikda efirga uzatiladi. 24 sentyabr kuni ushbu loyihada iste’dodli xonanda Umar Shamsiev mehmon bo’ladi! Darvoqe, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, kimda kim g’olib bo’lsa, xonandaning esdalik sovg’asiga ham ega bo’ladi!«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida siz ham ishtirok eting. Sevimli xonandangiz tomonidan berilgan savolga to’g'ri javob topib, efir mobaynida SMS orqali boshlovchi Botirxonga taqdim etishingiz kerak xolos. Agarda birinchilar qatorida javob berib, g’olib deb topilsangiz, ismi-sharifingiz sevimli portalingiz SB.uz portali orqali e’lon qilinadi. Yana bir bor eslatib o’tamiz, loyiha chorshanba 24 sentyabr kuni soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatiladi. O’tkazib yubormang!


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *