Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Iyul, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining navbatdagi g’olibi aniqlandi!

Navro`z radiosi1-raqamli portal www.ShoubizneS.uz hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» dasturining navbatdagi g’olibi ham aniqlandi. Ushbu loyiha tashkil etilganiga unchalik ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, lekin muxlislarning qiziqishi juda yuqori…«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali muxlislarga taqdim etildi. Loyihada avval xabar berganimizdek, xonanda Jahongir.uzning ijodi haqidagi bir nechta savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon muxlislarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: Hozirgi kungacha Jahongir.uz nechta videoklipini muxlislarga hadya etgan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga ko’plab muxlislar javob topishga harakat qilishdi. Buning ijobiy natijasi o’raloq, bir muxlis to’g'ri javobni sms orqali taqdim etdi. Lekin Botirxon, to’g'ri javob topgan muxlis bilan bog’lanishga harakat qilganida, go’shakni hech kim ko’tarmadi. Javob quyidagicha edi:
Javob: Hozirgi kungacha Jahongir.uz o’zining 6ta videoklipini muxlislarga hadya qilgan.
1. «Ber»
2. «Qalbimda kuz»
3. «Bir tiyin»
4. «Qani bo’l» (saundtrek)
5. «Birga emas»
6. «Yomg’ir» (duet)

Shundan so’ng, radioboshlovchi navbatdagi savolni e’lon qildi.
Savol: Jahongir.uz ilk albomini qachon va qanday nom bilan chiqargan?
Boshlovchi tomonidan yo’llangan ushbu savolga loyiha davomida ko’plab sms javoblar qabul qilindi. Ammo ularning aksariyati noto’g'ri javoblar edi. Biroq bir muxlis, ya’ni Ma’rupova Barno ismli muxlis to’g'ri javobni sms orqali yo’lladi va navbatdagi «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining g’olibiga aylandi. Javob quyidagicha edi…
Javob: Jahongir.uzning ilk albomi 2004 yilning sentyabr oyida «Yolg’izman» nomi bilan muxlislarga taqdim etilgan.
Barnoxonni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi hodimlari qizg’in qutlashadi.
Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *