Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Apr, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining mashhur insoni aniqlandi…

1-raqamli portal SB.uz hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida har chorshanba efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi qariib yarim yildan beri muxlislar hukmiga taqdim etib kelinmoqda. Qisqa muddat ichida 20dan oshiq radiotinglovchilar o’zlarining ismi-shariflarini mashhurlar qatoriga qo’shib ulgurishdi. Bu galgi loyihada avval xabar berganimizdek Jakhongir.Uz mehmon bo’ldi. U ushbu kunda o’z tavallud kunini ham nishonladi…

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Jakhongir.Uz ning ijodi haqidagi savol bilan Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Jakhongir.Uz ning eng so’nggi yaratilgan taronasi qanday nomlanadi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga juda ham qiynalishdi. Botirxon esa dastur nihoyalanib borayotgan bir paytda biroz tinglovchilarga yordam berdi. Shundan so’ng to’g'ri javobni Jakhongir.Uz ning adashi Jahongir Xasanov telefon orqali e’lon qildi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Jakhongir.Uz ning so’nggi yaratilgan taronasi «San» deb nomlanadi va hozirda barcha FM to’lqinlari orqali jarang sochmoqda.

Jahongir Xasanovni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *