Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyul, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining ilk g’olibi…

Navro`z radiosiwww.ShoubizneS.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligidagi «Mashhurlikka ilk qadam!» dasturining ilk g’olibasi ham aniqlandi. Ushbu dastur kutilganidan ham ko’tarinki ruhda o’tdi!«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz Navro’z radiosi orqali muxlislarga taqdim etildi. Ushbu dasturda avval xabar berganimizdek, xonanda Firdavsning ijodi haqidagi savol bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon muxlislarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha edi:
Savol: «Firdavs N» guruhi ijrosidagi «Parvonasan» taronasi nechinchi yilda ijro etilgan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga ko’plab muxlislar javob topishga harakat qilishdi. Buning ijobiy natijasi o’raloq, Jamila Bahodirova ism sharifli tinglovchi to’g'ri javobni taqdim etdi.
Javob: «Firdavs N» guruhi ijrosidagi «Parvonasan» taronasi 1999 yilda yaratilgan.
Jamilaxonni g’olib bo’lganliklari bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi hodimlari qizg’in qutlashadi.
Darvoqe, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portalida mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi.


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *