Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Mart, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining g’oliblari aniqlandi!

Mashhurlikka ilk qadamSB.uz portali hamda «Navro’z» radiosi hamkorligida efirga uzatilayotgan «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi barchaga manzur bo’lib kelmoqda. Loyihada avval xabar berganimizdek Yoqutjon Rajapov mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Yoqutjon Rajapovning ijodi haqidagi savol bilan Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Yoqutjon Rajapov estradamizning qaysi vakilining qo’shiqlarini tinglaydi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savollarga radio tinglovchilar javob topishga unchalik qiynalishmadi. To’g'ri javobni Go’zal Tojiboeva yo’lladi. Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Yoqutjon Rajapov estradamizning Anvar G’anievning qo’shiqlarini tinglaydi.
Shundan so’ng, boshlovchi Botirxon, tinglovchilarga ikkinchi savolni e’lon qildi. Savol quyidagicha edi:
Savol: Yoqutjon Rajapov shu kunga qadar nechta qo’shiq yaratgan?
Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga, tinglovchilardan Nilufar Shodmonova to’g'ri javob yo’lladi. Javob esa quyidagicha edi.
Javob: Yoqutjon Rajapov shu kunga qadar 28 ta qo’shiq yaratgan.

Nilufar Shodmonova va  Go’zal Tojiboevani g’olib bo’lganligi bilan SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Navro’z» radiosi xodimlari qizg’in qutlashadi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *