Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Noy, 2008

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasining g’olibi aniqlanmadi…

Mashhurlikka ilk qadam«Mashhurlikka ilk qadam»! Ushbu loyiha 1-raqamli portal SB.uz hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi bilan hamkorlikda efirga uzatiladi. Ushbu dasturning ilk soni 3 iyul kuni havola etilgan edi. Bugun 12 noyabr kunidagi sonida Iroda Yusupova mehmon bo’ldi…

«Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasi bugun soat 15:00dan 16:00gacha FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali taqdim etildi. Loyihada Iroda Yusupovaning ijodi haqidagi savollar bilan iste’dodli radioboshlovchi Botirxon tinglovchilarga murojaat qildi. Demak savol quyidagicha:
Savol: Iroda Yusupova ilk bor qaysi filmda debyut sifatida rol ijro etgan edi?
Loyiha boshlovchisi Botirxon tomonidan yo’llangan ushbu savolga loyiha yakuniga qadar hech kim javob topa olmadi… Javob esa, quyidagicha edi:
Javob: Iroda Yusupova ilk bor «Sehrli uzuk» filmida debyut sifatida rol ijro etgan edi.

Eslatib o’tamiz, siz ham «Mashhurlikka ilk qadam!» loyihasida ishtirok etib, g’olib bo’lishingiz va o’z ism-sharifingizni SB.uz portali orqali mashhur qilishingiz mumkin bo’ladi. Hammasi o’z qo’lingizda…


Muallif: | Bo'lim: Radio yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *